» » Toshkentda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining bir qismi drenaj tizimlari ta’mirlanishi tufayli vaqtincha yopiladi

Toshkentda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining bir qismi drenaj tizimlari ta’mirlanishi tufayli vaqtincha yopiladi


Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan, deyiladi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabarida.

7-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Parkent va Sultonali Mashhadiy ko‘chalari  kesishgan qismidan Sultonali Mashhadiy ko‘chasi bo‘ylab drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan yo‘lning mazkur qismi 7-iyun kuni soat 23:00 dan ertalab soat 06:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida yopiladi.

Hokimlik keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘rab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 6-iyun kuni Toshkentda Amir Temur shohko‘chasining bir qismi vaqtincha yopilishi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют