» » Rossiya xalq artisti Aleksandr Pankratov-Chyorniy zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi

Rossiya xalq artisti Aleksandr Pankratov-Chyorniy zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi


Moskvada Rossiya xalq artisti Aleksandr Pankratov-Chyorniy 6-iyun kuni kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “REN TV” telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, aktyor ertalab Moskva markazidagi bolalar maydonchasida o‘tirganida o‘zini yomon his qilgan.

Aktyorning rafiqasi Yuliya Monaxovaning aytishicha, Pankratov-Chyorniy quyoshda ko‘p turib qolgan. Natijada o‘zini yomon his qilgan. Ammo uning hayotiga jiddiy xavf yo‘q.

2018-yil aprelda aktyorning jiddiy kasallik bilan shifoxonaga yotiqizilgani haqida xabar berilgan. Keyinchalik esa aktyor bu xabarni inkor etib, shunchaki kaftida kichik jarrohlik o‘tkazilganini ma’lum qilgan.

Pankratov-Chyorniy “Biz jazdanmiz” filmi bilan mashhur. U, shuningdek, “Gagradagi qish oqshomi”, “Sibiriada”, “Kuryer”, “Shirli-mirli” va “Oltinchi palata” filmlarida ham suratga tushgan. 2009-yil Rossiya xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют