» » Namanganda 7-iyun kuni xalqaro investitsion forum o‘z ishini boshlaydi (video)

Namanganda 7-iyun kuni xalqaro investitsion forum o‘z ishini boshlaydi (video)


7-iyun kuni viloyat tarixidagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tadbir — Namangan xalqaro investitsion forumi o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Namangan viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari hamkorligida o‘tkazilayotgan forumda viloyatning investitsion salohiyati namoyon etiladi hamda ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

“Doing Business with Namangan — 2019” investitsion forumida Rossiya, Turkiya, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, Avstriya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Misr, Kuvayt, Isroil, Singapur, Ummon, BAA, Tailand, Malayziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Polsha, Latviya, Lyuksemburg, Tojikiston, Belarus, Bolgariya, Gruziya, Indoneziya va Ukrainadan 228 ta xorijiy kompaniya vakillari qatnashadi. Shuningdek, forumda O‘zbekistonning 29 xorijiy mamlakatdagi elchilari, 32 davlatning O‘zbekistondagi diplomatik missiyalari vakillari hamda 10 dan ortiq xorijiy OAV muxbirlari ishtirok etadi.

Forumning tantanali ochilish marosimi Namangan shahridagi “Shodiyona” majmuasida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Davlat xizmatlar markazida 4 ta yo‘nalish — sanoat va muqobil energiya manbalari, qishloq xo‘jaligi va mahsulotlarni qayta ishlash, madaniy-tarixiy turizm, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar hamda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish mavzularida seksiyalar muhokamasi o‘tkaziladi.

“Pahlavon” sport majmuasida Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi, yangi investitsiya loyihalari taqdimoti, “B2G” va “B2B” formatdagi kooperatsion birjalari hamda press-brifing bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, mehmonlar viloyatdagi bir qator korxonalarda bo‘lishi, tarixiy obidalarni ziyorat etishi ko‘zda tutilgan.

Namanganga kelayotgan mehmonlar uchun viloyat hokimligi tomonidan maxsus charter reysi tashkil qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют