» » Qozog‘iston parlamenti raisi Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

Qozog‘iston parlamenti raisi Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi


6-iyun kuni, Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majlisi raisi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Mehmonlar taniqli muhaddis olim, hadis ilmining sultoni – Imom al-Buxoriy nomidagi ilmiy tadqiqot markazida bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari Imom al-Buxoriyning hayoti, uning hadis ilmiga qo‘shgan buyuk ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishib, muhaddis qabrini ziyorat qildi.

Qozog‘iston parlamenti vakillariga Imom al-Buxoriyning ma’naviy merosi yosh avlodni diniy qadriyatlarga, an’analarga, sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim dasturilamal bo‘layotgani haqida ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Qozog‘iston parlamenti vakillarining tashrifi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют