» » Niderlandiya Angliyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasi finaliga chiqdi (video)

Niderlandiya Angliyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasi finaliga chiqdi (video)


UEFA Milllatlar Ligasi musobaqasi yarim finalidan o‘rin olgan ikkinchi bahsda Niderlandiya terma jamoasi 6-iyun kuni Angliya termasi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvda hisobni inglizlar 32-daqiqada penaltidan ochishga muvaffaq bo‘ldi. Markus Reshford o‘zi ishlagan penaltini o‘zi golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida penaltiga sababchi bo‘lgan Matteys de Ligt boshi bilan Jordan Pikford darvozasini ishg‘ol qildi.

O‘yin asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. 97-daqiqda Kayl Uoker o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 114-daqiqda Kvinsi Promes Niderlandiyaning uchrashuvdagi uchinchi golini urdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Niderlandiya terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib finalga yo‘l oldi. Endi jamoa hal qiluvchi bahsda Portugaliya termasiga qarshi kurash olib boradi. Final 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Millatlar Ligasi

Yarim final bahsi

6-iyun, payshanba

Gollar: 0:1 – 32, penalti Reshford, 1:1 – 73 de Ligt, 2:1 – 97, avtogol Uoker, 3:1 – 114 Promes.

Niderlandiya – Sillessen, de Ligt, Blind, Dumfris, van Deyk, Depay, de Ron (van de Bek, 68), Bergveyn (Propper, 90), Veynaldum, Babel (Promes, 68), de Yong (Strotman, 114).

Angliya – Pikford, Rays (Alli, 105), Maguayr, Stounz, Delf (Henderson, 77), Sterling, Barkli, Uoker, Sancho (Lingard, 61), Chiluell, Reshford (Keyn, 46).

Ogohlantirish: de Ligt (30), Dumfris (44), Keyn (70), van de Bek (106).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют