» » AQSh “qor odam” haqida maxfiy ma’lumotlarni e’lon qildi

AQSh “qor odam” haqida maxfiy ma’lumotlarni e’lon qildi


AQSh Federal tergov byurosi ilk bor qor odamiga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan namunalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb xabar beradi Sputnik.

1976-yilda Piter Bern yeti mavjud bo‘lishi masalalari bilan shug‘ullangan. U FTBga 15 ta soch va to‘qimalarni tadqiqot o‘tkazish uchun yuborgan. Soch va to‘qimalarning kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan. Idora istisno tariqasida va “ilmiy tadqiqot” uchun ruxsat bergan, biroq natijalar Bern talablariga javob bermagan.

“Tadqiqot natijasida bu sochlar kiyiklar oilasiga mansub ekanligi haqida xulosa berildi”, — deyilgan FQBning ilmiy va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi direktor yordamchisi Jey Kokren xatida.

Hozirgi vaqtda, bir nechta o‘n yillardan so‘ng, 93 yoshli Bern CNBC telekanaliga qor odam borligiga ishonishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi 50 yil ichida u Ximolayda yetining ikki yoki uch zanjir izlarini aniqlagan. Ularga ko‘ra, qor odamning oyog‘ida beshta barmoq bor.

Shu bilan birga, mutaxassis bu izlar sadxuga (ular dunyodan va moddiy zavq olishdan voz kelgan hind avliyolar) tegishli bo‘lishi mumkinligini tan oldi.

Ma’lumotga qaraganda, bu FTB ilk bor soch namunalari qor odamga tegishligini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют