» » Ravon Rossiyaga qaytmoqda: Avtomobillarning yangi narxi e’lon qilindi

Ravon Rossiyaga qaytmoqda: Avtomobillarning yangi narxi e’lon qilindi


Ravon kompaniyasi Rossiya bozoriga qaytmoqda va avtomobillarning yangi narx e’lon qilindi, deb xabar beradi Sputnik.

AutoNavigator ma’lumotlariga ko‘ra, besh eshikli Ravon R2 xetchbeki (oldingi Chevrolet Spark) ning Optimum va Elegant pozitsiyalari mos ravishda 12,3 ming hamda 12,6 ming dollardan sotiladi. Model 85 ot kuchiga ega 1,2 litrli dvigatel bilan jihozlangan.

Ravon R4 sedanining (Chevrolet Cobalt) to‘rtta pozitsiyasi sotuvga chiqadi: Comfort MT (11,8 ming dollar), Optimum MT (12,2 ming dollar), Optimum AT (12,8 ming dollar), Elegant AT (13 ming dollar).

Ravon avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish bahorda to‘xtatilgan edi, biroq ular yaqin vaqtlar ichida yana qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

“Ravon — Sobiq Ittifoq hududidagi eng yirik brendlardan biri. Mazkur mashina markalarining narxi past bo‘lganligi sabab doim raqobatbardosh bo‘lgan”, — deydi “Avto Revyu” jurnali bosh muharriri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют