» » NATO qiruvchilari Boltiq dengizi ustida Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli samolyotni tutib qoldi

NATO qiruvchilari Boltiq dengizi ustida Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli samolyotni tutib qoldi


6-iyun kuni Boltiq flotiga tashrifni amalga oshirib, Moskvaga qaytayotgan, ichida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi delegatsiyasi bo‘lgan Il-20 harbiy transport samolyotigan ikkita qiruvchi samolyot hamrohlik qildi, deb xabar beradi “MK.ru”.

Il-20 Kaliningraddagi aerodromdan ko‘tarilganidan so‘ng, uning chap borti tomonida Shvetsiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli “Grippen” qiruvchi samolyoti paydo bo‘lgan. U Rossiya harbiy transport samolyotiga 50 metr oraliqda yaqinlashgan. “Grippen” Jamoatchilik kengashi delegatsiyasiga o‘n daqiqaga yaqin hamrohlik qilgan va shundan so‘ng pastlagan.

Biroq oradan 30 daqiqa o‘tgach, yana bir kuzatuvchi samolyoti paydo bo‘lgan. Bu safar NATOga tegishli F-16 qiruvchi samolyoti. Samolyot aynan qaysi davlatga tegishli ekanligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. U bortida rossiyaliklar bo‘lgan samolyotni Rossiya havo chegaralariga qadar kuzatib borgan.

Birinchi qiruvchi samolyot Shvetsiya aerodromidan, ikkinchisi esa NATOning Boltiqbo‘yidagi bazasidan ko‘tarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют