» » Ukrainalik taniqli raqqosa Germaniyada o‘ldirilib, jasadi Reyn daryosiga tashlab yuborildi

Ukrainalik taniqli raqqosa Germaniyada o‘ldirilib, jasadi Reyn daryosiga tashlab yuborildi


Germaniyada efirga uzatiluvchi Das Supertalent iste’dodlar shousi ishtirokchisi Alla Klishtaning jasadi Reyn daryosidan topildi, deb xabar berdi Daily Mail.

Raqqosa aprel oyining oxirida yo‘qolib qolgan edi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 33 yoshli akrobat daryoga tashlanishidan oldin o‘ldirilgan. Klishtani izlash ishlari u ishga kelmay qo‘yganidan keyin boshlandi. Alla Germaniyaning Rust shahrida joylashgan “Yevropa park” ko‘ngilochar bog‘ida ishlardi.

Huquq-tartibot organlari xodimlari Allaning sobiq turmush o‘rtog‘ini qotillikda gumondor sifatida qamoqqa olgan. Biroq rasman ayblov ilgari surilmagan.

Klishta va uning yigiti uchrashmay qo‘ygan, biroq birga ishlardi. Alla Ukrainada tug‘ilgan, biroq uzoq yillardan beri Germaniyada yashardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют