» » O‘zbekistonda “Odamlar uchun shahar”, “Yashil shahar” va “Shahar bog‘” modellari joriy etiladi

O‘zbekistonda “Odamlar uchun shahar”, “Yashil shahar” va “Shahar bog‘” modellari joriy etiladi


Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganish va metodologik ta’minlashga mas’ul organ etib belgilandi.

Qaror bilan 2019—2020-yillarda obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. “Yo‘l xaritasi” doirasida “Odamlar uchun shahar”, “Yashil shahar”, “Shahar bog‘” modellari qo‘llanib, hududlar obodonlashtiriladi.

2020-yil 1-yanvardan obodonlashtirish xodimlariga bir qator ustamalar to‘lanadi. Jumladan, obodonlashtirish bo‘linmalari xodimlariga ovqatlanish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya belgilanadi.

Qarorga muvofiq, “Obod hudud” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2020-yil 1-yanvardan shahar ko‘chalarini qurish va ta’mirlashda unga tutash hududlar ham majburiy obodonlashtiriladi.

Toshkent shahrida eksperiment tariqasida jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishning zamonaviy tizimlari joriy etiladi.

2019-yil 1-oktabrdan yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga biriktirilgan hududni obodonlashtirish uchun mas’ul hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют