» » Amazon rahbari odamga o‘xshash ulkan robotni sinovdan o‘tkazdi (video)

Amazon rahbari odamga o‘xshash ulkan robotni sinovdan o‘tkazdi (video)


MARS yopiq ilmiy-texnik konferensiyasida Amazon rahbari Jeff Bezos ulkan Method-2 nomli robotni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Odam shaklidagi ulkan robot Janubiy Koreyaning Hankook Mirae kompaniyasi mahsuloti sanaladi. Jeff Bezosning sinovdan ko‘ngli to‘ldi.

“Nima uchun men o‘zimni Sigurni Uiverdek his qilyapman?”, — deb Bezos hazillashdi. (1986-yil ekranlarga chiqqan “Begonalar” filmida Uiverning qahramoni robotni boshqargandi. Xuddi shunday robotlar “Avatar” (2009) filmida ham ko‘rinish beradi. Ikkala filmga ham Jeyms Kemeron rejissorlik qilgan).

Mavzuga doir: Janubiy Koreyada odam tomonidan boshqariladigan ulkan robot prototipi ishlab chiqildi

Robot hozircha ishlanma bosqichida turibdi. U odam borishi mushkul bo‘lgan hududlarda ishlatilishi rejalashtilmoqda.

Method-2 dizaynini “Aslahali arhov” va “Transformerlar: qirg‘in davri” filmlari qahramonlari ustida ish olib borgan rassom Vitaliy Bulgarov ishlab chiqdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют