» » O‘zbekiston Osiyo mintaqasining eng yirik xalqaro ko‘rgazmalaridan birida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Osiyo mintaqasining eng yirik xalqaro ko‘rgazmalaridan birida ishtirok etmoqda


6—9-iyun kunlari Janubiy Koreyada “Seoul International Tourism Industry Fair” (SITIF) 34-Xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, unda O‘zbekiston ham o‘zining milliy stendi bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston milliy stendi tashkilotchilari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamda “Meridian travel”, “Zukhro travel” va “Orient Mice” turistik kompaniyalari. Shu bilan birga, milliy stendni tashkil etishda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ham yaqindan yordam berdi.

Mamlakat delegatsiyasining ko‘rgazmadagi ishtiroki doirasida xorijiy ishtirokchilar uchun O‘zbekistonning turistik va investitsion salohiyati taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasining Seulga tashrifi davomida Koreya Respublikasida yashovchi vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, SITIF – Osiyo mintaqasining eng yirik xalqaro turistik ko‘rgazmalaridan biri. Unda har yili dunyoning 55 dan ortiq mamlakatidan 500 dan ziyod kompaniya ishtirok etadi. Tadbir qatnashchilari orasidan xalqaro avaliniyalar, milliy va mintaqaviy turizm kengashlari, mintaqaviy sayyohlik ma’muriyatlari, turagentliklar, eng yirik mehmonxona, kurort, turobyekt komplekslari vakillari o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют