» » “Daryo”dan yangi loyiha. Daryo Weekend: Dam olish kunlari (8—9-iyunda) kutilayotgan tadbirlar anonsi (video)

“Daryo”dan yangi loyiha. Daryo Weekend: Dam olish kunlari (8—9-iyunda) kutilayotgan tadbirlar anonsi (video)


9-iyun kuni NEXT savdo-ko‘ngilochar majmuida “Sharq bozori” ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada mehmonlarni  uy va interyer aksessuarlari,  kosmetika mahsulotlari va o‘zbek milliy qo‘l ishi san’at asarlari kutmoqda. Shuningdek, mehmonlar tikuvchilik va hunarmandchilik bo‘yicha master klasslarda ishtirok etishlari mumkin.

\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\

8 va 9-iyun kunlari Central Park ko‘ngilochar  bog‘ida “Quyosh chiqishi” (Sunrise) nomli  elektron musiqa festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi. Shuningdek, festival doirasida  strit-art san’ati rassom va hunarmandlarining asarlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

10-iyun kuni Musiqalar saroyida “Alisher Ikromov va uning do‘stlari” milliy estrada-simfonik orkestrining kontserti bo‘lib o‘tadi. Konsertga tashrif buyurganlar taniqli  va turli mukofotlarga loyiq iste'dodli laureatlarning san’atidan bahramand bo‘lishlari mumkin. Orkestrning badiiy rahbari O‘zbekistonning faxriy san’at arbobi —  Alisher Ikromov.

Ushbu yangiligimiz bir-biridan go‘zal  ayol-qizlarimizni quvotirishi aniq. 8-iyun kuni Bunker Coworking LQ bosh muharriri uslub bo‘yicha mutaxassis  Kamilaxon Hasanova bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tadbir “Yozgi tendensiyalar-2019: zamonaviy degani, qimmat degani emas” deb nomlanadi. Mehmonlarni stil — ya’ni uslub bo‘yicha  master-klass, vizajist maslahatlari, shuningdek, sovrinli musobaqalar kutmoqda.

7 dan 9-iyungacha C-space kovorking markazida Startup Weekend 2019 xalqaro dasturi boshlanadi, ishtirokchilar haqiqiy kompaniya yaratish yo‘llarini o‘rganadi, ularga yordam berishga tayyor bo‘lgan ustozlar, investorlar, sheriklar va homiylar bilan tanishadi.

Dasturda istagan odam ishtirok etishi mumkin.  Siz o‘zingizning jamoangiz bilan ishtirok etishingiz yoki  tadbirda o‘zingizga mos jamoani topishingiz mumkin. Jamoadagi odamlar soni: 2 dan 7 gacha.

“Godzilla 2: Mahluqlar qiroli” jahon kinosi tomoshabinlarni hayratga solib va zavqlantirishdan to‘xtamaydi. 30-maydan boshlab, mamlakatimizning  barcha kinoteatrlarida, afsonaviy mahluq Godzillaning yangi talqiniy qismi  “Godzilla 2: Mahluqlar qiroli” filmi namoyish etiladi. Bu filmda bahaybat Godzillaga vahshiy jonzotlar qarshi chiqadi.

Sayohat qilishni sevuvchi do‘stlarimiz uchun ajoyib yangilik. 8—9-iyun kunlari MaroCup Adventures klubi Aydarko‘l ko‘li bo‘ylab ikki kunlik sayohatni tashkil qilmoqda. Sayohat davomida a’lo kayfiyat va ko‘tarinki ruh Sizni tark etmasligiga aminmiz. Shuningdek, sayohat davomida Majerum jarliklariga tashrif buyurish, tuya minish va tunni ekstremal tarzda chaylalarda o‘tkazish dasturi taqdim etiladi. Dastur transport hamda  kuniga 4 martalik taomlanishni o‘z ichiga oladi.

“Yolg‘iz kema” pyesasining premyerasi

7-iyun kuni Davlat akademik rus drama teatrida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam qalamiga mansub “Yolg‘iz kema” deb nomlangan spektaklning premyerasi bo‘lib o‘tadi.

“Yolg‘iz kema” asarining qahramoni Orol bobo, qurigan  Orol dengizi ertami-kechmi qayta jonlanishiga ishonadi. Shu  umid bilan kartina qahramoni o‘z hamqishloqlari bilan kelajak avlod uchun kemalar qurish bilan umr kechiradi.

Chiptalar narxi — 20 000 dan 30 000 so‘mgacha

7-iyun soat 17:00 da Musiqalar saroyida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston solistlari” orkestri konserti bo‘lib o‘tadi.

Dasturda A.Vivaldi, V.Motsart, R.Glier, P.Chaykovskiy, I.S.Bax va shu kabi mashhur ijodkorlarning asarlari ijro etiladi.

Solistlar: xalqaro tanlovlar  laureatlari Baxtiyev Timur (skripka), Mahametova Gulbo‘ston (skripka).

Dirijor — orkestrning badiiy rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Raimjanov.

Boshlovchi: Yelizaveta Pogudina.

Chipta narxi: 20 000 so‘m.

9-iyun kuni Central Park  Markaziy bog‘ida “Sabantuy-2019” xalq-tatar-boshqird bayrami o‘tkaziladi.

Dasturda:

Teatrlashtirilgan ochilish marosimi;

Ishtirokchilarni  sovg‘alar  kutmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют