» » “O‘zavtosanoat” Jizzaxda Peugeot avtomobil zavodi qurilishi nega to‘xtab qolgani haqida: “Muammo — fransuzlarda!”

“O‘zavtosanoat” Jizzaxda Peugeot avtomobil zavodi qurilishi nega to‘xtab qolgani haqida: “Muammo — fransuzlarda!”


7-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi” mavzusida OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deyiladi agentlik xabarida.

Jurnalistlar 2017-yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani, “Jizzax” erkin industrial zona hududida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish obyektlarini qurish ishlarining oxirgi muddati sifatida 2018-yilning 10-dekabri ko‘rsatilgani, lekin nega hanuzgacha Prezident topshirig‘i bajarilmagani haqida savol berdi.

“Bu savolga javob bera olmayman, — dedi “O‘zavtosanoat” strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov. — Chunki bu ikki tomonlama hal qilinadigan ish. Axir bir tomonda fransuz hamkorlarimiz turibdi. Bu ular bilan bog‘liq muammo, muammo ularning o‘zida”.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 16-may kuni “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Fransiyaning Peugeot Citroen Automobiles S.A kompaniyasi bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida, ustav jamg‘armasi, ekvivalenti 29,3 mln yevro miqdoridagi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolanganini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют