» » Abituriyentlar Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat topshirganda so‘rovnoma to‘ldiriladi

Abituriyentlar Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat topshirganda so‘rovnoma to‘ldiriladi


Abituriyentlar Davlat xizmatlari markazi orqali test sinovlarida qatnashish uchun hujjat topshirganda so‘rovnoma to‘ldiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Telegram’dagi rasmiy “Huquqiy axborot” kanalida xabar qiladi.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq, abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlar orqali hujjat topshirganda so‘rovnoma to‘ldiriladi.

Quyidagi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi:

- pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);

- maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik to‘g‘risidagi hujjat (ilovasi bilan);

- imtiyozga ega bo‘lganlar imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.

Abituriyent bir vaqtda, o‘qitishning bir shakli doirasida 3 tagacha oliy ta’lim muassasasini tanlashi mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun joriy yil bitiruvchilaridan va nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.

Test sinovlari o‘tkazilayotgan yildan avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tugatgan abituriyentlardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi (101 ming 365 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют