» » Ravon avtomobillari Ukrainaning 15 viloyatida sotiladi

Ravon avtomobillari Ukrainaning 15 viloyatida sotiladi


GM Uzbekistan va Ukrainaning eng yirik avtoxoldingi — “AIS” kompaniyalar guruhi strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, “AIS” Ukrainaning 15 viloyatida Ravon brendi ostidagi avtomobillar savdosini rivojlantiradi. Ayni vaqtda, Ukrainadagi boshqa bir yirik avtobil operatori — “Bogdan-Avto Xolding”ning dilerlik markazlariga ham Ravon’larning yangi partiyasi yetib kelgan.

“Bogdan-Avto Xolding” matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, avtomat uzatmali yangi Ravon R2 (Chevrolet Spark) avtomobili bir necha oy ichida Ukraina avtomobil bozorining bestsellerlaridan biriga aylangan.

Ma’lumot uchun, ma’muriy-hududiy bo‘linishiga ko‘ra Ukraina 24 viloyat, maxsus maqomga ega ikki shahar va bir muxtor respublikadan iborat.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют