» » O‘zbekistonda OTMlar reytingini aniqlash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda OTMlar reytingini aniqlash tartibi belgilandi


Hukumat qarori (467-son, 07.06.2019-y.) bilan Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qiladi.

Nizomga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari reytingi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.

Reytingni aniqlash uchun ma’lumotlar 1-fevralgacha vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilinadi.

Inspeksiya har yili may—iyun oylarida quyidagilarni o‘tkazadi:

— professor-o‘qituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini aniqlash uchun test;

— talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilimini aniqlash uchun nazorat ishlari va ta’lim sifatini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma.

Reyting natijalari har yili keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют