» » Davlat xizmatlari markazlari 15-iyundan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishni boshlaydi

Davlat xizmatlari markazlari 15-iyundan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishni boshlaydi


Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Unga muvofiq, abituriyentlar ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan oliy ta’lim muassasalariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirishi mumkin. Ushbu oliy o‘quv yurtlari ro‘yxati haqida 5 kunlik muddatda taklif Davlat komissiyasiga kiritilishi lozim.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlar 15-iyundan 15-iyulgacha abituriyentlarning doimiy ro‘yxatda turgan joyidan qat’i nazar qabul qilinadi.

Boshqa oliy o‘quv yurtlariga hujjatlar oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют