» » Qarshi shahri gaz idorasi nega barcha fuqarolardan penya undirmoqda?

Qarshi shahri gaz idorasi nega barcha fuqarolardan penya undirmoqda?


Qarshi shahri gaz idorasiga ishi tushgan deyarli hammaning asosiy qarzidan tashqari katta miqdorda penya undirib olinmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaroriga asosan “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” tasdiqlangan. Unda keltirilishicha, iste’molchi oy tugaganidan so‘ng 10 kun mobaynida iste’mol qilingan gaz hajmi uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari yoki belgilangan me’yorlar asosida to‘lovni amalga oshiradi. Tegishli muddatda iste’mol qilingan tabiiy gaz haqi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya to‘laydi. Hozirda bu miqdor qarz umumiy summasining 0,1 foizini tashkil etadi.

“Qarzni to‘layman, deb kelsam, 235 ming so‘m penya chiqarib o‘tiribdi. Kompyuterga qarab aytishdi. Hisoblagich bo‘yicha o‘tgan oy 6 ming so‘m ishlagan. Doim oyma-oy to‘lov qilib kelganmiz. Ortiqchasi bilan 50 ming so‘m to‘lamoqchi edim. Endi bu ahvol. Nimaga bunday qilishadi, hayronman. Yo‘q joydan penya deb tursa. Oilada bir o‘zim ishlayman. 500 ming so‘m maosh olaman. Osonmas-da. Qay biriga yetkazaman?!” — deydi Qarshi shahri Kat mahallasida yashovchi Tamara Ikromova.

Chaqar mahallalik Gulbahor Xudoyorova ismli nafaqaxo‘r o‘tgan oy foydalanilgan tabiiy gaz uchun qarzdorlikni so‘ndirgani kelgan. Qarzdan qutulgani yetmaganidek, abonent daftarchasi ustiga 186 ming so‘m penya, deb yozib qo‘yishgan.

Bir qarashda bu arzimagan raqamdek ko‘rinadi. Aytaylik, iste’molchining muddatidan kechikkan 100 ming so‘m qarzdorligi bo‘lsa, unga o‘tgan har bir kun uchun 100 so‘mdan penya hisoblanishi, ammo bu miqdor qarz summasining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak. Demak, fuqarolarga yozib berilayotgan penya bir yo ikki oyda shakllanib qolmagan. Bugun gardaniga hatto 2 million so‘mgacha penya ilingan iste’molchilar borligi shunday deyishga asos bo‘ladi.

Qarshi shahri Gulshan mahallasida istiqomat qiluvchi Nigora Hamidova xonadoniga gaz uchun 1 million so‘mdan ziyod penya hisoblangan.

“Yashab turgan uyimizni 2017-yilda birovdan sotib olganmiz. Notariusdan o‘tkazguncha, uy egasi MIBdan gazdan qarzi yo‘q, degan ma’lumotnoma olib kelib beruvdi. Tartibi shunday ekan. Bugun bilsak, 5—6 yilligini ko‘tarishibdi. Bizda shuncha penya bor ekan. Qiziq, qarzi bo‘lmasa, penya qayoqdan keldi?”, — deydi Hamidova.

Qashqadaryo bo‘yicha gaz ta’minoti filiali direktori o‘rinbosari ushbu masalaga oydinlik kiritishga uringan.

“Penya kecha yo bugun chiqqan yangilik emas, 2005-yildan beri bor bu chora. Iste’molchi qarzdorligini oyning 10-sanasiga qadar so‘ndirmadimi, dastur unga penya hisoblab ketaveradi. Hammasi avtomatik bajariladi. Faqat 50 foizdan o‘tkazmaydi. Bu masala nega hozir asosiy masalaga aylandi? Chunki ilgari e’tiborsizlik bor edi-da. Endi xalqning o‘zi qo‘zg‘aldi. ‘Spravka’, shunga o‘xshash u-bu narsa chiqdi. Uyni oldi-sotdi qilayapti, shunda qarzi yo‘qligi haqida ma’lumot olishi kerak. Menda penya bormi-yo‘qmi, deb fuqaroning o‘zi qiziqayapti-da. Avval bu masalada kam odam murojaat qilardi. Endi ko‘paydi. Penya dolzarb bo‘lgani sababi ham shu”, — deydi Qashqadaryo bo‘yicha gaz ta’minoti filiali direktori o‘rinbosari Shokir Qodirov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют