WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Yerga yirik asteroid yaqinlashmoqda. U eng xavfli koinot obyektlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda turadi
Yerga yirik asteroid yaqinlashmoqda. U eng xavfli koinot obyektlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda turadi
Yevropa koinot agentligi eng xavfli koinot obyektlari ro‘yxatini e’lon qildi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, 2006 QV89 nomi bilan mashhur asteroid ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinda bo‘lib, u Yerga yaqinlashmoqda.
Bunda asteroidning joriy yilda Yer bilan to‘qnashishi ehtimoli 1:7000 ni tashkil etadi. Asteroid Yerdan 7 million kilometrdan ortiq masofada o‘tishi mumkin taxmin qilinmoqda.
Qayd etilishicha, bu hodisa 2019-yilning 9-sentabrida sodir bo‘lishi mumkin.
Ushbu asteroid 2006-yilning 29-avgustida aniqlangan. Asteroidlarning sayyora bilan to‘qnashishi hollari juda kam bo‘lsada, 1908-yilda Rossiyaning Yenisey guberniyasida meteorid tushishi deyarli 2000 kvadrat metr o‘rmonni yo‘q qilgani holati ham bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?