» » Isroil Madrimov 9-iyun tongida prof boksdagi uchinchi jangini o‘tkazadi

Isroil Madrimov 9-iyun tongida prof boksdagi uchinchi jangini o‘tkazadi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 9-iyun tongida o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi.

Mazkur jangda Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales (23 ta g‘alaba, 13 ta nokaut, 12 ta mag‘lubiyat) raqiblik qiladi.

To‘qnashuv Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi. Ular ishtirokidagi jang oqshomi tonggi soat 05:30 da boshlanadi. Jang Sport-TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Bokschilar jangdan oldin vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Norberto Gonsales shu paytgacha o‘tkazgan 35 ta jangining 4 tasida turli mintaqaviy yo‘nalishlar chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilgan, biroq ularda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9-mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini nokautga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют