» » Chilonzordagi uyda 77 yoshli ayol va uning 28 yoshli nevarasi jasadi topildi

Chilonzordagi uyda 77 yoshli ayol va uning 28 yoshli nevarasi jasadi topildi


Toshkent shahrining Chilonzor tumani, 19-dahasida yashovchi 53 yoshli Liliya M. uyga qaytganida hech kim eshikni ochmagani uchun 7-iyun kuni ichki ishlarga murojaat qilgan. Ayol uyda 77 yoshli onasi va 28 yoshli o‘g‘li bo‘lishi kerakligini aytgan.

IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, profilaktika inspektorlari tomonidan FVV mutaxassislari chaqirilgan va guvohlar huzurida eshik ochilgan. Qayd etilishicha, xonadonda hasharotlarni o‘ldirish uchun mo‘ljallangan kulrang kukun sepilgan gazeta bo‘laklari solingan bo‘lgan.

77 yoshli ayolning jasadi koridorda, 26 yoshli yigitning jasadi esa balkonda topilgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, prokuror, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, Chilonzor tumani hokimligi va sanitar-epidemiologiya xizmati vakillari yetib kelgan.

“Hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda, tegishli ekspertiza tayinlangan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют