» » Irlandiya respublikachilar armiyasining sobiq yetakchilaridan biri Martin Makginness vafot etdi

Irlandiya respublikachilar armiyasining sobiq yetakchilaridan biri Martin Makginness vafot etdi


Shimoliy Irlandiya birinchi vazirining sobiq o‘rinbosari Martin Makginness vafot etdi. Meduza’ning yozishicha, u avvallari Irlandiya respublikachilar armiyasi (IRA) yetakchilaridan biri, deb hisoblanilardi.

Makginness 66 yoshda edi. U mart oyi boshida yurak xastaligi bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

Makginness 1950-yil Londonderrida tug‘ilgan. 1970-yillarning boshlarida u IRA yetakchilaridan biriga aylangan va buning uchun ikki marta sudlangan. Makginness 1974-yilda IRA bilan hamkorlik qilishni to‘xtatib, o‘z e’tiborini siyosatga qaratgan.

U 1990-yilgi tinchlik jarayonida “Shinn Feyn” partiyasidan chaqirilgan asosiy muzokarachilardan biri bo‘lgan. Shundan so‘ng Makginness ta’lim vaziri, 2007-yili esa birinchi vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. U bu lavozimda 2017-yil yanvariga qadar ishladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют