» » O‘zbekistonda yana bir shifokorga tahdid qilingan video tarqaldi

O‘zbekistonda yana bir shifokorga tahdid qilingan video tarqaldi


Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro va shifokor ishtirokida yuz bergan navbatdagi noxush video tarqaldi. “Kun.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yuz bergan. Tasvirlarda fuqaroning shifokor kiyimidagi shaxsga tahdid qilayotganini ko‘rish mumkin.

Videodan baland ovozda gapirayotgan erkak kichik yoshdagi farzandini shifoxonaga olib kelganini anglash mumkin. Ammo shifokor bolalar vrachi emasligi, erkak talab qilayotgan pediatr boshqa bemorni ko‘rayotgani, unga qo‘ng‘iroq qilib chaqirtirilganini aytgan. Biroq erkak shunda ham so‘kinib, shifokorga tahdid qilishda davom etgan.

“Bu yer senga tibbiyot instituti emas. Javobgarlikni his qilasanmi?! Bor, topib kel. Operatsiya deysan, tekshiryapti deysan. Sen hali o‘ynashyapsanmi, mol do‘xtiri”, — deb gapirgan videodagi erkak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют