» » Erdo‘g‘on: Yevropa ortiq Turkiyaga ta’sir o‘tkaza olmaydi

Erdo‘g‘on: Yevropa ortiq Turkiyaga ta’sir o‘tkaza olmaydi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ma’lum qilishicha, Yevropa endi Turkiyaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi mumkinligi bahonasida unga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Germaniya va Gollandiya hukumatlari turk vazirlarining turkiyalik muhojirlar oldida chiqish qilishini taqiqlaganidan so‘ng, Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashdi.

16-aprelda Turkiyada mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalasida referendum o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, turk vazirlari Germaniya va Gollandiyada yashovchi turkiyalik saylovchilar oldida chiqish qilishni rejalashtirgan edi.

“Ortiq bizga tahdid qila olishmaydi — na Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bilan, na qochoqlar bo‘yicha kelishuv bilan. Bo‘ldi, bu davr tamom bo‘ldi. 16-aprel kuni prezidentlik tizimiga o‘tishimiz bilan, mutlaqo yangi Turkiya tug‘iladi. Yevropa Ittifoqi yillar davomida turli turli shartlar bilan boshimizni og‘ritdi, endi esa ularning o‘zi shu shartlarni oyoqosti qilmoqda. 16-apreldan so‘ng muzokaralar stoliga o‘tirib, gaplashib olamiz. Ortiq bunday davom etmaydi”, — dedi Erdo‘g‘on.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют