» » Prezident 21-mayni O‘zbekiston kutubxonachilari kuni deb belgilashni taklif qildi

Prezident 21-mayni O‘zbekiston kutubxonachilari kuni deb belgilashni taklif qildi


O‘zbekiston Prezidenti 7-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Qarorda axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari sifatida, jumladan, yangi kutubxonalar qurish, borlarini rekonstruksiya qilish, kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog‘ini rivojlantirish, elektron kitoblarni tarqatish, internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish kabilar belgilangan.

Prezident qarorida 2019—2024-yillarda O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda Navoiy nomidagi Milliy kutubxona — axborot-resurs markazining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga, jumladan, Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazini tashkil etish, aholiga har qanday tashuvchilarda (bosma, multimedia va raqamli), shu jumladan, Internet tarmog‘i yordamida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Turdosh oliy o‘quv yurtlariga “Kutubxona-axborot faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul kvotalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi yuklatilgan. Ayni vaqtda O‘zbekistonda 21-mayni Kutubxonachilar kuni deb belgilash, ularni davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют