» » Isroil Madrimov prof boksdagi uchinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi (video)

Isroil Madrimov prof boksdagi uchinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi (video)


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 9-iyun tongida o‘zining uchinchi jangini o‘tkazdi.

Mazkur jangda Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales (23 ta g‘alaba, 13 ta nokaut, 12 ta mag‘lubiyat) raqiblik qildi.

10 raundga mo‘ljallangan jangda tashabbusga erishgan Madrimov Gonsalesni 6-raundda muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratib, faoliyatidagi uchinchi g‘alabasini tantana qildi. Natijada Isroil WBA Intercontinental chempionlik kamarini munosib himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9-mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini nokautga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют