» » Fotogalereya: Virjiniya dalalaridagi AQSh prezidentlarining byustlari

Fotogalereya: Virjiniya dalalaridagi AQSh prezidentlarining byustlari


2004-yil AQShning Virjiniya shtatida prezident parki ochildi. U o‘zida ajoyib manzara kasb etadi: ochiq osmon ostida AQShning 43 nafar prezidentining byusti o‘rnatilgan. Ushbu balandligi 6 metr bo‘lgan yodgorliklar maktab o‘quvchilariga tarix va haykaltaroshlik san’atidan dars berishda yordam berishi, shuningdek, qo‘shni shtatlardan odamlar parkni ko‘rgani kelishi inobatga olingan. Lekin amerikaliklar ushbu ulkan haykallarni unchalik ham yoqtirmadi. Natijada 2010-yil tashrif buyuruvchilar sonining kamligi sabab park yopilgan, deya yozadi Travel Ask.

Byustlarni uch yil mobaynida qad rostlab turaverdi. Ularni buzib tashlashga esa parkning egasi Govard Xankins yo‘l qo‘ymadi.

Buning o‘rniga u haykallarni sotib olib, o‘ziga qarashli xususiy yerlarga ko‘chirdi. Va endi mana bir necha yillardan buyon 43 nafar AQSh prezidenti Virjiniya shtatining nomsiz yerlarida yotibdi. Sekin-asta ularning rangi o‘chmoqda, birining burni sinib tushgan.

Ajablanarlisi, ularga nisbatan endi qiziqish uyg‘onib, qo‘shni davlatlar aholisi ularni ko‘rish uchun kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют