» » Tokioda sakura qatorasiga ikkinchi yil odatdagidan vaqtliroq gulladi

Tokioda sakura qatorasiga ikkinchi yil odatdagidan vaqtliroq gulladi


Yaponiyada olchaning uzoq sharqdagi turi hisoblangan sakura gullay boshladi. Tokiodagi Yasukuni ibodatxonasida joylashgan “nazorat” daraxtida dastlabki gullar paydo bo‘ldi, bu mamlakatda sakuralarning gullash mavsumi boshlanganini anglatadi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi to‘qqiz yilda birinchi marta sakura poytaxtda janubiy hududlarga nisbatan vaqtliroq gulladi.

Uzoq sharq olchasi mart oyining oxiri yoki aprel oyining boshida gullay boshlaydi. Shu kunlarda minglab kishilar mamlakatdagi xiyobonlarga tashrif buyurib, daraxtlar ostida tamaddi qilmoqda.

O‘tgan yili ham Tokioda sakuralar gullash mavsumi odatdagidan besh kun avval boshlangan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 20:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют