WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Kilian Mbappe Turkiyaga qarshi o‘yinda antirekord o‘rnatdi
Kilian Mbappe Turkiyaga qarshi o‘yinda antirekord o‘rnatdi
Yevro—2020 musobaqasi saralash bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahsda Fransiya terma jamoasi 0:2 hisobida Turkiyaga yutqazib qo‘ydi.
Mazkur bellashuvda to‘liq o‘ynagan fransuzlar hujumchisi Kilian Mbappe terma jamoa miqyosidagi antirekordini o‘rnatdi. Futbolchi 90 daqiqa davomida 22 marta to‘pni oldirib qo‘ydi, deb yozadi Opta.
Bu uning terma jamoada debyut qilgan 2017-yildan beri qayd etgan eng yomon natijasidir.
Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi mazkur g‘alabadan so‘ng 9 ochko bilan “H” guruhida peshqadam bo‘lib oldi. Ikkinchi o‘rindagi Fransiya hisobida esa 6 ochko mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?