» » Samarqandda sayyor qabuldagi tomoshalar yoki “hojatbaror” qariyalar

Samarqandda sayyor qabuldagi tomoshalar yoki “hojatbaror” qariyalar


Zarnews nashri yumaloq xat yozishni o‘ziga kasb qilib olgan ayrim “gajak yozuvchi”lar haqida so‘z yuritgan.

Bu “yozuvchi”lar naf keltirmaydi, yozganlari biror joyda bosilmaydi ham, ammo sizu bizning vaqtimizni o‘g‘irlab, ishdan qoldiradi, asablarni egovlaydi. Tanish-bilish, alamzada yoxud hasadgo‘ylarning qarmoqlariga ilingan holda ularning oldiga tushib “hojatbarorlik” qilishadi.

Ana shunday “yozuvchi”lar orasida bugun yoshi bir joyga borib qolgan keksalar, davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olingan nogironlarning ham borligi ayniqsa, achinarli.

Bir paytlar kolxoz va sovxoz tuzumi davrida ham jamoadan, rahbarlar ish tutumidan norozi bo‘lib turli idora va mahkamalarga yumaloq xat yozib, orqasida turgan homiylariga ko‘mak berib turadigan keksalar bo‘lar edi. Odamlar “Ha, falonchi bobo yana yozibdimi?”, deya ularga ko‘nikib ham qolishgandi.

Bugun ham ayrim keksa otaxonlar ikki-uchta alamzada shikoyatchilarga peshvolik qilib idoralarga xat ko‘tarib yuribdi. To‘g‘ri, shikoyat va arz qilish har kimning huquqi. Adolat buzilibdimi, uni tuzatish uchun jon koyitganlarga tasanno. Biroq ko‘p hollarda turli idoralar, jumladan, tahririyatlarga ham arz bilan keluvchilarning aksariyatini keksalar tashkil etayotganligini hech narsa bilan izohlab bo‘lmaydi.

“Otaxon, sizni nima qiynayapti?”, deb so‘rasangiz “Ha, xalq dardi bilan keldim, falonchi fermer yer bermayapti yoki pismadonchi uy oldi, o‘g‘limga ham uy bersin”, qabilidagi gaplarni to‘kib solishadi. E’tibor bersangiz, otaxon aytgan “xalq”, ya’ni ikki-uch kishi tashqarida turgan bo‘ladi.

Gapning isboti uchun Samarqand viloyati hokimining tumanlarda o‘tkazayotgan sayyor qabulini oling, haqiqiy tomoshani o‘sha yerda ko‘rasiz. Biror kishi umumiy muammoni o‘rtaga tashlamaydi. Hamma o‘z dardini aytib, bir narsa undirib olish payida bo‘ladi. Achinarlisi, qabulga nogironlar, qo‘ltiqtayoqda yuradigan keksalar, ikki-uchtalab bolasini yetaklab olganlar “tashrif” buyurayotganligidir.

Ularni xalq tilida “navbatchi” murojaatchilar ham deyishar ekan. Tartib o‘rnatuvchilar “siz oldingi qabulda ham kelgan edingiz, damingizni olib o‘tirsangiz bo‘lmaydimi”, deyishsa baloga qoladi.

Bir sayyor qabulda viloyat hokimi shunday shaxslarga qarata achchiq, biroq ibratli bir gapni aytdi.

“Avvalo, Yaratgan oyoq-qo‘lingizni but qilib qo‘yibdimi, nega sizning hovlingizni kimdir borib o‘rab berishi kerak? Nega ko‘changizdan o‘tgan ariqni qazib qo‘yishga yaramaysizu boshqalardan uyingizni ta’mirlab berishlarini so‘raysiz? Nega mehnat qilishdan qochasiz? Eng qo‘rqinchli odam — boqimanda odam. Bu toifalar na o‘ziga, na oilasiga, na jamiyatga naf keltiradi. Ishlashni istamaysizmi, aravangizni birovga tortirishga harakat qilmang. El qatori ishlang, birovdan yordam so‘rashga uyaling. Har doim mehnat qilgan yaxshi yashaydi”.

Bu fikrga qo‘shilgan holda birovga hojatbarorlik qilib, idorama-idora xat ko‘tarib yurishga odatlangan, ko‘cha-ko‘yda g‘iybatchilikni ixtiyor etganlarga qarata xuddi shu gapni aytgan, “uyaling” degan bo‘lardik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют