» » Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi “To‘qmoq ota” jome masjidi qayta qurilmoqda

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi “To‘qmoq ota” jome masjidi qayta qurilmoqda


Davlat rahbarining 2017-yil 28-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini 2017—2018-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq to‘qimachilik, farmatsevtika va elektrotexnika mahsulotlari, tomchilab sug‘orish uskunalari, plastik quvurlar ishlab chiqarish tashkil etildi, baliqchilik va turizmni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlar ishga solindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qiladi.

2019-yilda Mo‘ynoq tumanida sanoat sohasi bo‘yicha 12 ta, qishloq xo‘jaligida 5 ta, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy soha ob’ektlari qurish va ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan.

“Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan asli shu — Mo‘ynoq aholisi. Ularning sabr-qanoati, vatanparvarligi, mehnatkashligi uchun rahmat aytishimiz, shunga munosib xizmat qilishimiz kerak”, — degan edi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois Prezident kelgusi ikki yilda Mo‘ynoqda 20 ta ko‘p qavatli uy qurish, yangi shaharcha barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu yerda zamonaviy shaharsozlikdagi barcha yangiliklarni joriy etish, namunaviy infratuzilma yaratish zarurligini ta’kidladi.

Mana ushbu topshiriqlardan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda Mo‘ynoq tumanidagi “To‘qmoq ota” jome masjidining imoratini zamonaviy shaharsozlik asosida qayta qurishga ruxsat olgan edi.

6-iyun kuni Mo‘ynoq tumani hokimiyati, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti vakillari, tuman aholisi ishtirokida “To‘qmoq ota” jome masjidi yangi imoratining birinchi g‘ishtini qo‘yish marosimi bo‘ldi. Unda Mo‘ynoq tumani hokimi S.Daniyarov va Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Sh.Bauatdinovlar ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют