» » Argentinada aviadispetcherlarning uxlab qolgani sabab samolyot qo‘na olmadi

Argentinada aviadispetcherlarning uxlab qolgani sabab samolyot qo‘na olmadi


Austral aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyot Argentinaning La-Rioxa shahri aeroportiga bir necha daqiqa davomida qo‘nishni amalga oshira olmadi. Aeroport aviadispetcherlarinng uxlab qolganligi sababli uchuvchi aeroport bilan aloqa o‘rnata olmagan. Natijada samolyot taxminan sakkiz daqiqa davomida qo‘nish yo‘lagi atrofida uchib yurishga majbur bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Samolyot mahalliy vaqt bilan tong soat 7:00 da qo‘nishga kirishgan. Havo kemasi belgilangan vaqtdan biroz vaqtliroq yetib kelgan, biroq qoida bo‘yicha dispetcherlar oldindan samolyot bilan aloqaga chiqishi va uni qabul qilib olishga tayyor bo‘lishi kerak edi.

Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, u taxminan sakkiz daqiqa davomida operatorlar bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilgan. Shundan so‘ng uchuvchi yo‘lovchilarni dispetcherlar aloqaga chiqmayotganligi sababli qo‘nishning kechikishi haqida ogohlantirgan. Uchuvchining ta’kidlashicha, operatorlar aloqaga chiqqanidan so‘ng ham unga qo‘nish bo‘yicha aniq ko‘rsatma bera olmagan.

Aeroport vakili o‘z hamkasblarini himoya qildi va “agar samolyot belgilangan vaqtdan oldin yetib kelsa, bu aviakompaniyaning muammosi ekanligi”ni aytdi. Uning ta’kidlashicha, dispetcherlar kecha-yu kunduz ishlamaydi, shuning uchun ular birinchi reys yetib kelishidan bir soat oldin ishga yetib kelishga majbur emas.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 21:02)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют