» » Marg‘ilondagi bozorda yuz bergan yong‘inda halok bo‘lgan va jarohatlanganlar yo‘q (foto+video)

Marg‘ilondagi bozorda yuz bergan yong‘inda halok bo‘lgan va jarohatlanganlar yo‘q (foto+video)


2019-yil 9-iyun kuni tungi soat 02.05 da Marg‘ilon shahar YoXB dispetcherlik xizmatiga shaharning Pichoqchi mahalasida joylashgan “Marg‘ilon umumiy ulgurji savdo kompleksi” MChJda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Xabar asosida birinchi bo‘linmalar soat 02.10 da voqea joyiga yetib borganida savdo kompleksining keng maydonda qurilish konstruksiyalari va savdo do‘konlarining tom qismidan quyuq tutun aralash alanga chiqib yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04.20 da qurshab olinib, 05.40 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘inni o‘chirishga jami 19 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hodisa oqibatida savdo kompleksi binosining (tim) taxminan 1575 kvadrat metr maydonidagi qurilish konstruksiyalari va tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan savdo rastalar, tez yonuvchi materiallaridan (taxta-yog‘och, DVP, plastik va boshqa) qurilgan savdo do‘konlar va ular ichida saqlangan oziq-ovqat mahsulotlari yonib, zararlangan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida savdo kompleksining 8.865 kv.m maydoni saqlab qolinishiga erishilgan.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют