» » Qozog‘iston prezidentligiga nomzod Nur-Sulton va Olmaotadagi norozilik namoyishlariga munosabat bildirdi (video)

Qozog‘iston prezidentligiga nomzod Nur-Sulton va Olmaotadagi norozilik namoyishlariga munosabat bildirdi (video)


Qozog‘iston prezidentligiga nomzod Amirjon Kosanov Facebook’dagi sahifasi orqali Nur-Sulton va Olmaota shaharlarida o‘tkazilgan norozilik namoyishlariga munosabat bildirdi, deb xabar beradi Tengrinews.

“Hurmatli qozog‘istonliklar, Olmaota va Nur-Sulonda saylov jarayonlariga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari xorijlik muxolifatchilar tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, bu noqonuniy hisoblanadi, buning ustiga namoyish prezidentni saylash kuni o‘tkazildi. Vakolatli organlar bunga munosabat bildirib o‘ldi. Men bunga nisbatan o‘z bayotonimni bermoqchiman: hozir Qozog‘iston katta o‘zgarishlar arafasida turibdi, shu sababli mamlakatdan tashqarida turib, kafeda qahva ichib, xalqni o‘zining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishiga imkoniyat yaratish o‘rniga qonunni bu yo‘sinda buzish va ularning jazolanishini bila turib harakat qilish — haqiqiy siyosiy provakatsiya va tubandlik. Namoyishlarga yoshlarimiz ham jalb etildi, ular demokratiya pozitsiyasidek ko‘rinayotgan va’dalarga aldanib qolmoqda. Shu sababli aytmoqchimanki, mazkur harakatlar ortida yovuz niyat yotibdi”, — deydi Kosanov.

Сайлау н?тижесі жарияла?ан, ол туралы айта жатармыз. ?зірше мен б?гін Астана мен Алматыда шетел ас?ан ?аш?ын псевдооппозиционерлер ?йымдастыр?ан митингілер туралы айтуды ж?н к?рдім

Geplaatst door Amirzhan Kossan op Zondag 9 juni 2019

Avvalroq, prezidentlik saylovlarida Qosim-Jo‘mart To‘qayev 70,13 foiz ovoz to‘plagani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют