» » Samarqandda “Titanik” deb nomlanadigan ko‘p qavatli uydagi kvartira portladi (foto)

Samarqandda “Titanik” deb nomlanadigan ko‘p qavatli uydagi kvartira portladi (foto)


Joriy yil 9-iyunga o‘tar kechasi taxminan soat 00.45 larda Samarqand shahrining Sartepa maskanidagi 9 qavatli uyning 1-chi qavatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Ushbu ko‘p qavatli uy 24-sonli o‘rta maktab yaqinida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan "Titanik" deb ataladi.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda xonadonda hech kim bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda uy egasi oilasi bilan chet elda. Vaqti-vaqti bilan opasi kelib uydan xabar olib turgan.

Yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in tezda bartaraf etilgan. Ayni paytda uning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют