» » Rossiya sobiq Ittifoqning so‘nggi qarzini 45 kun davomida to‘lab beradi

Rossiya sobiq Ittifoqning so‘nggi qarzini 45 kun davomida to‘lab beradi


Rossiya hamda Bosniya va Gersegovina 21-mart, seshanba kuni sobiq Ittifoq majburiyatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Sobiq Ittifoq va sobiq Yugoslaviya o‘rtasidagi savdo aylanmasiga doir hisob-kitoblar bo‘yicha Rossiyaning Bosniya va Gersegovina oldidagi qarzi 125,2 million dollarni tashkil etadi.

Rossiya moliya vaziri o‘rinbosari Sergey Storchakka ko‘ra, bu sobiq Ittifoqning so‘nggi qarzi bo‘lib, u 45 kun davomida to‘lab beriladi.

Rossiya sobiq Yugoslaviyaning qolgan respublikalari (Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Makedoniya va Sloveniya) oldidagi qarzdorlikni 2011—2016-yillar davomida to‘liq qoplagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 21:34)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют