» » Moldova poytaxtida namoyishlar boshlandi

Moldova poytaxtida namoyishlar boshlandi


Kishinyov ko‘chalarida notinchlik. “Vesti.ru”ning yozishicha, odamlar IIV binosi oldida chodirlar o‘rnatgan, namoyishlar boshlandi.

Moldova parlamenti deputatlari hech qayerga ketish niyatlari yo‘qligini, oligarx Vladimir Plaxotnyuk boshchiligidagi Demokratik partiya ta’siri ostidagi sud esa hokimiyatni egallab olishga urinayotganini ta’kidlamoqda.

Siyosatchilar fuqarolarni ig‘volarga uchmaslikka va hokimiyatni kuch bilan egallab olmoqchi bo‘layotgan demokratlarga imkon qadar qarshi turishga chaqirgan.

Moldovaning rossiyaparast Sotsialistik partiyasi va yevropaparast ACUM bloki 8-iyun kuni yangi hukumatni shakllantirdi, biroq u mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tomonidan tan olinmadi.

Parlament bunga javoban sud qarorini hokimiyatni demokratlar qo‘lida saqlab qolishga urinish, deb atagan.

Konstitutsiyaviy sud qaroriga asosan Moldova prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Pavel Filipp parlamentni tarqatib yuborish haqidagi farmonni imzolab, 7-sentabrga muddatidan avvalgi saylovni belgilagan.

Moldovaning amaldagi prezidenti Igor Dodon esa Konstitutsiyaviy sudning uni prezidentlikdan chetlatish to‘g‘risidagi qarorini “hokimiyatni egallab olish sari umidsiz qadam” deb atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют