» » Yoqutistonda nafaqaxo‘r erkak uch odamni otib o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Yoqutistonda nafaqaxo‘r erkak uch odamni otib o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi


Yoqutistonning Neryungrinskiy tumanida 61 yoshli nafaqaxo‘r qo‘shni dala-hovlida yashagan oilaning uch nafar a’zosini otib o‘ldirib, keyinroq o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Chulman qishlog‘idan tashqarida joylashgan “Ugolshchik” bog‘dorchilik uyushmasi hududida qo‘shnilar o‘rtasida janjal kelib chiqqanidan so‘ng yuz bergan.

Keksa erkak 38 yoshli qo‘shnisini, uning yaqinda tug‘ishi kerak bo‘lgan 39 yoshli homilador ayolini va ularning 14 yoshli qizini otib o‘ldirgan. Bundan tashqari, kasalxonaga halok bo‘lganlarning 64 yoshli qarindoshi ham o‘qdan yaralangan holda keltirilgan.

Jinoyat sodir etishi bilan nafaqaxo‘r voqea joyidan yashiringan. Ertasi kuni huquq-tartibot organlari erkakni topishgan. U Ugolniy posyolkasidagi dala-hovlilardan birida qamalib olgan bo‘lgan.

“Erkak politsiya xodimlariga qarata bir necha marta o‘q uzgan, shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan”, — deyiladi xabarda. Sodir bo‘lgan voqeya yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют