» » AQSh Iroqqa mamlakatda terrorchilikka chek qo‘yishda ko‘mak beradi

AQSh Iroqqa mamlakatda terrorchilikka chek qo‘yishda ko‘mak beradi


AQSh va Iroq IShIDga qarshi birgalikda qarshi turishda davom etadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp va Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy uchrashuvlari yakuni bo‘yicha Oq uy tomonidan 20-mart, dushanba kuni tarqatilgan qo‘shma bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

“Yetakchilar AQSh va Iroq mamlakatda terrorchilikka uzil-kesil chek qo‘yish, Iroq qurolli kuchlari va boshqa asosiy tuzilmalarni mustahkamlash maqsadida uzoq muddatli sheriklikni davom ettirish haqida kelishib oldi”, — deyiladi bayonotda.

Yaqin oylar ichida Vashington va Bag‘dod savdo aloqalarini mustahkamlash, investitsiyalarni rivojlantirish, energetika sektorida hamkorlikdagi faoliyatni kengaytirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi.

Shuningdek, ikki davlat vakillari madaniy va ta’lim almashinuvi imkoniyatlarini muhokama qiladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 21:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют