» » Ozavtosanoat elektromobillar uchun infratuzilma yaratish ustida ishlamoqda

Ozavtosanoat elektromobillar uchun infratuzilma yaratish ustida ishlamoqda


Ozbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish hali erta. Buhaqda 7-iyun kuni Axborot vaommaviy kommunikatsiyalar agentligida bolib otgan brifingda Ozavtosanoat strategik rejalashtirish direksiyasi boshligi Rustam Qodirov malum qildi, deb xabar beradi Spot.

Bubozor, biz sotiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishimiz kerak. Elektromobillarning ortacha narxi 35?40 ming $ atrofida ozgarib turadi, men Sparkdan kichikroq bolgan Xitoy elektromobillarining arzon segmenti haqida gapirmayapman, ularni bozorda 10?12 ming dollarga topish mumkin. Hech kim ularni shunday narxga sotib olmaydi, dedi kompaniya vakili.

Rustam Qodirovning takidlashicha, mamlakatda elektr energiyasining arzonligiga qaramay, kamida yuz ming elektromobil sotiladi deb hisoblashga hali erta.

Elektromobil tushunchasi uydagi rozetkaga ulash vayarim soatdan song yolga otlanish mumkin degani emas:

Elektrobilni uydagi elektr rozetkasidan zaryad qilish uchun kamida bir necha soat kutish kerak boladi. Tasavvur qiling, Toshkentdan Samarqandgacha bolgan masofa 350 kilometrni tashkil qiladi, elektr transport vositasi, masalan, Teslaniki 300 kilometrga etadi. Demak men yol boyida toxtashim, uni elektr manbaiga ulab 4 soat kutishim kerak boladi, deydi Ozavtosanoat AKboshqarmasi boshligi.

Kompaniya kerakli infratuzilmani hozirdan yaratish maqsadida (hozirgi vaqtda elektromobillarni ishlab chiqarish hatto yaqin kelajakdagi rejalarda ham mavjud emas) bir nechta idoralar bilan ish olib bormoqda.

Yangi yollar, binolar, avtoturargohlarni qurish vaqtida infratuzilma bosqichma-bosqich barpo etilib boriladi. Bularning barchasi juda kop vaqt vakatta resurslarni talab qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-06-2019, 16:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 14) ( 0) ( 12) ( 2)
:
-
:
20 ... -