» » Avtomobilsozlik sohasida yangi menejment tizimi joriy etiladi

Avtomobilsozlik sohasida yangi menejment tizimi joriy etiladi


Hozirda IATF 16949:2019 “Sifat menejmenti tizimlari. Avtomobilsozlik sanoati va unga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun sifat menejmenti tizimi talablari” standarti ishlab chiqildi, deb xabar berdi “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati.

Ushbu standart xalqaro ISO / TS 16949:2009 o‘rnini egallaydi va ISO 9001:2015 bilan mos keladi.

Mazkur standartni davlat standarti loyihasi sifatida ishlab chiqishdan asosiy maqsad sertifikatlashtirish orqali avtomobilsozlikdagi boshqaruvni takomillashtirish, O‘zbekistonda sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni doimiy yo‘lga qo‘yish hamda “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi barcha korxonalarini mazkur standart asosida sertifikatlashtirishdan iboratdir.

Mazkur yangi standart amaliyotda qo‘llanilgach, har qanday ishlab chiqaruvchi va iste’molchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, avtomobil tarkibiy qismlarining sifati yuqori darajada bo‘lishi, ishlab chiqaruvchi korxonaning texnik darajasi va unga tatbiq etilgan sifatni boshqarish tizimining yuqori xavfsizlik darajasi bilan ta’minlanadi.

Qolaversa, avtomobilsozlik sanoatida menejment tizimi standartlarini joriy etish quyidagi ustunliklarni beradi:

• xavflar oldini oluvchi choralarni qo‘llash bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nuqson va o‘zgartirishlar kamayadi;

• doimiy takomillashtirish asosida samaradorlikka erishish va mahsulot yetkazish zanjiridan ortiqcha harajatlarni kamayatiradi;

• ikkinchi tomon tekshiruvlari kamayadi;

• mahsulot sifati yaxshilanadi;

• mahsulotni eksport salohiyatini oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют