» » Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarining respublika bosqichi boshlandi

Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarining respublika bosqichi boshlandi


Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji binosida litsey, kollej va maktab o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadasi IV bosqichi boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ota-onalarga olimpiada jarayonlarini kuzatuv kameralari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etish uchun tadbir o‘tayotgan binoga yaqin bo‘lgan Olmazor tumanidagi 224-sonli maktabning sport zalida katta ekran o‘rnatildi va jarayonlarni kuzatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Bugungi kunda o‘tkazilayotgan fan olimpiadasining o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagicha:

umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilariham ishtirok etmoqda;

olimpiadaning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida katta sport zallari, faollar zali hamda katta hajmdagi fayelarda o‘tkazilmoqda;

hakamlar hay’ati a’zolari tarkibida teng miqdorda umumiy o‘rta a’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari jalb etildi;

olimpiada o‘tkazish jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda translyatsiya qilinadi va ota-onalar uni kuzatib boradi;

olimpiada topshiriqlarining amaldagi va xalqaro olimpiadalar standarti materiallari talablari asosida tayyorlanganligi alohida ahamiyat kasb etadi;

olimpiada jarayonlari ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib boriladi.

Bundan tashqari, olimpiada jarayonlarining shaffofligi ta’minlash maqsadida har bir xonaga turli rakursda namoyish etadigan kuzatuv kameralari o‘rnatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют