» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga davlat-xususiy sherikchilik orqali suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha maslahat beradi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga davlat-xususiy sherikchilik orqali suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha maslahat beradi


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga davlat-xususiy sherikchilik orqali Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshida suv ta’minoti infratuzilmasini yaxshilashga yordam beradi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Mazkur to‘rtta shaharda suv ta’minoti infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi memorandumni O‘zbekiston uy-joy va kommunal xizmatlarning birinchi o‘rinbosari Dilshod Azimov va OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakili Sindi Malvichini imzoladi.

“Biz ushbu loyiha to‘rtta shaharning aholisi uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va yaxshilashiga yordam beradigan yuqori malakali va tajribali xususiy suv operatorini jalb etishiga ishonamiz”, — dedi Dilshod Azimov.

Sindi Malvichinining aytishicha, OTB 2021-yilning boshida ushbu shaharlarda suv ta’minoti va sanitariya loyihalarini tayyorlash va xususiy sheriklarni jalb qilish bo‘yicha hukumatga maslahat beradi.

Xususiy sektor ishtiroki O‘zbekistonda mavjud suv ta’minoti va sanitariya tizimlarining ishlashini va boshqaruvini yaxshilashga yordam beradi. Bu, shuningdek, sohadagi rivojlanishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha investitsiyalar va xalqaro tajribani jalb etishga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют