» » Qashqadaryoda kartoshka urug‘liklarini ko‘paytirishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etiladi. Polsha buning 8 mln dollar ajratadi

Qashqadaryoda kartoshka urug‘liklarini ko‘paytirishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etiladi. Polsha buning 8 mln dollar ajratadi


Qashqadaryoda Polsha investitsiya dasturi asosida qiymati 8 million dollariga teng, yillik quvvati 8 milllion dona in-vitro usulida kartoshka urug‘liklarini ko‘paytirishga ixtisoslashgan laboratoriya hamda yiliga 5 ming tonna sog‘lom kartoshka urug‘liklari yetishtirishga mo‘ljallangan kompleks tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligida Polsha—O‘zbek Savdo-sanoat palatasi, Polsha Kartoshka urug‘chiligi va himoya qilish instituti, “Zamarte kartoshka yetishtirish” MCHJ, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi, Bioorganik kimyo instituti vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda ma’lum qilindi. Unda mazkur loyihani amalga oshirish, O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida kartoshka urug‘chiligi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama etildi.

—Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida mamlakatda kartoshka urug‘i importiga bo‘lgan ehtiyoj ichki imkoniyatdan qoplanishi, aholini ish bilan ta’minlash, kartoshka urug‘i sifatining yaxshilanishiga erishiladi. Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklarini sog‘lom, viruslardan holi kartoshka urug‘liklari bilan ta’minlash maqsadida Polsha bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev.

Joriy yilda O‘zbekistonda 135 ming gektar hududda 2,8 million tonna kartoshka yetishtirish rejalashirilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonga turli xorijiy davlatlardan har yili o‘rtacha 20-30 ming tonna kartoshka urug‘liklari import qilinmoqda. 2017-yilda Afg‘oniston, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Pokiston singari davlatlardan qiymati 23 551 dollarga teng 193 622 tonna kartoshka import qilingan bo‘lsa, 2018- yilda bu ko‘rsatkich 224 674 tonnani tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют