» » Andijonda 6,5 mlrd so‘mlik bolalar oromgohi bunyod etildi (foto)

Andijonda 6,5 mlrd so‘mlik bolalar oromgohi bunyod etildi (foto)


Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida joylashgan Madaniyat qishlog‘ida “Andijon biokimyo zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Bo‘ston” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ochilish marosimida qatnashgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov oromgohda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishar ekan, “Bu yerda o‘quvchilar maroqli dam olishlari, ham jismonan, ham ruhan kuch-quvvatga to‘lib, yangi o‘quv yilida yaxshi natijalarni ko‘rsatishi lozim. Shuning uchun o‘zlari istagan yo‘nalishlar bo‘yicha turli to‘garaklar, o‘yinlar va ko‘rik-tanlovlar tashkil etilib, ular ishtirokida tabiat manzaralari, tarixiy maskanlar, hayvonot bog‘iga sayohatlar uyushtirilsa yaxshi bo‘ladi”, — deya o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

“Fidokor elegant” MChJ quruvchilari tomonidan bir yil mobaynida bunyod etilgan ushbu oromgohning qurilish jarayonlariga jamiyatning 6,5 milliard so‘mlik mablag‘i sarflandi.

Tadbir davomida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ilgari surilgan 5 muhim tashabbus aks etgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют