» » Tripolidagi jangovar harakatlar oqibatida 650 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Tripolidagi jangovar harakatlar oqibatida 650 dan ortiq odam halok bo‘ldi


Liviya poytaxti yaqinida kuzatilayotgan harbiy to‘qnashuvlar oqibatida 4-apreldan buyon 653 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Liviya bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 41 nafarini tinch aholi tashkil etgan.

Shuningdek, qurolli to‘qnashuvlar boshlangandan beri Tripoli atrofida 3 547 kishi yaralangan, ulardan 126 nafari tinch aholi vakillari edi. So‘nggi haftada tibbiy xizmat xodimlarining uch nafari ham yarador bo‘lgan.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, harbiy harakatlar oqibatida 90 mingdan ortiq aholi Liviya poytaxtini tark etishga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 01:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют