Yevro—2020. Ispaniya o‘z maydonida Shvetsiyani mag‘lub etdi, Daniya va Polshada ham g‘alaba (video)
10-iyun, dushanba kuni futbol bo‘yicha Yevro—2020 saralash bosqichi doirasida guruhlarda 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
“D” guruhidan o‘rin olgan bahsda Daniya terma jamoasi o‘z maydonida Gruziya termasini qabul qildi.
Bellashuv davomida mezbon jamoa vakillari Kasper Dolberg (13, 63), Kristian Eriksen (30, penalti), Yusuf Poulsen (73), Martin Breytueyt (90) gol urgan bo‘lsa, mehmon jamoa azosi Saba Lobjanidze (25) o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (5:1).
Shu tariqa Daniya termasi o‘z maydonida kechgan bahsda Gruziyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
“F” guruhida esa Luis Enrike qo‘l ostidagi Ispaniya terma jamoasi Shvetsiya termasiga qarshi maydonga tushdi.
O‘yin davomida ispanlar sardori Serxio Ramos (64, penalti) hamda hujumchilar Alvaro Morata (85, penalti) va Mikel Oyarsabal (87) urgan gollar Ispaniya termasiga ishonchli g‘alabani keltirdi (3:0).
Shu kuni Robert Levandovski yetakchiligidagi Polsha termasi esa Isroil bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvda polshalik futbolchilar Kshishtof Pyontek (35), Robert Levandovski (56, penalti), Kamil Grositski (58), Damian Kondzer (84) bittadan golga mualliflik qildi. shu tariqa Polsha terma jamoasi o‘z uyida bo‘lib o‘tgan bahsda Isroil darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi (4:0).
Yevro—2020
Saralash bosqichi
4-tur o‘yinlari
“A” guruhi
Gollar: 0:1 — 14 Rashitsa, 1:1 — 43 Popov, 2:1 — 55 Dimitrov, 2:2 — 64 Muriki, 2:3 — 90 Rashani
Gollar: 1:0 — 18 Yankto, 2:0 — 49, avtogol, Kopitovich, 3:0 — 82, penalti, Shik
“B” guruhi
Gollar: 1:0 — 20 Mitrovich, 2:0 — 34 Mitrovich, 3:0 — 35 Yovich, 3:1 — 71, penalti, Novikovas, 4:1 — 90 Lyayich
Gol: 1:0 — 6 Yaremchuk
“D” guruhi
Gollar: 1:0 — 13 Dolberg, 1:1 — 25 Lobjanidze, 2:1 — 30, penalti, Eriksen, 3:1 — 63 Dolberg, 4:1 — 73 Poulsen, 5:1 — 90 Breytueyt
Gollar: 1:0 — 29, avtogol, Chipolina, 2:0 — 90 Breydi
“F” guruhi
Gollar: 0:1 — 49 Yonsen, 0:2 — 83 Yonsen
Gollar: 0:1 — 7 Pushkash, 0:2 — 29 Pushkash, 0:3 — 34 Kipchu, 0:4 — 90 Man
Gollar: 1:0 — 64, penalti, Ramos, 2:0 — 85, penalti, Morata, 3:0 — 87 Oyarsabal
“G” guruhi
Gollar: 1:0 — 18, avtogol, Hinteregger, 1:1 — 39 Lazaro, 1:2 — 62, penalti, Arnautovich, 1:3 — 82 Arnautovich, 1:4 — 86, avtogol, Beytulai
Gollar: 0:1 — 24 Chrnigoy, 0:2 — 26 Chrnigoy, 0:3 — 29, penalti, Ilichich, 0:4 — 44 Ilichich, 0:5 — 47 Zayts
Gollar: 1:0 — 35 Pyontek, 2:0 — 56, penalti, Levandovski, 3:0 — 58 Grositski, 4:0 — 84 Kondzer
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
