» » O‘zbekistonda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil qilindi

O‘zbekistonda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil qilindi


Alkogol va tamaki bozorini samarali tartibga solishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (2019-yil 8-iyun, 474-son). Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Telegram’dagi rasmiy “Huquqiy axborot” kanalida xabar beradi.

Qaror bilan Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizomga ko‘ra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash, litsenziya talablariga amal qilinishini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Inspeksiya boshlig‘i Moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Hukumat tomonidan tayinlanadi.

Qaror bilan shuningdek, Inspeksiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi hamda iste’mol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Bunda, Jamg‘arma mablag‘lari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish kabi maqsadlar uchun yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют