» » G‘or timsohlari evolyutsiya natijasida yangi turga aylanayotgani ma’lum bo‘ldi

G‘or timsohlari evolyutsiya natijasida yangi turga aylanayotgani ma’lum bo‘ldi


Yer ostida qolib ketgan g‘orda yashovchi timsohlar DNKsining tahlili ular populyatsiyaga uchrab, yaqin orada alohida turga aylanishi mumkinligini ko‘rsatdi, deb xabar beradi National Geographic.

2010-yilda arxeolog Rishar Oslizli Afrika sharqidagi Gabondan g‘aroyib timsohlarga duch kelgan: ular nafaqat suv ostida, balki Abanda tumanidagi yerda ostidagi g‘orlarida ham yashayvergan. Oradan bir yil o‘tgach Oslizli mutaxassis Olivye Testa va zoolog Mettyu Shirli bilan Gabonga yana qaytib kelgan. Ular g‘or timsohlarini ushlab, ular yorug‘likka olib chiqishgan. Ularning rangi odatdagi timsohlardan farq qilib, yorqin jigarrang tusda bo‘lgan.

Joriy yilda g‘or timsohlarining DNKsini tahlil qilish ishlari yakunlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Gabondagi jonzotlar odamlarga ma’lum timsohlardan keskin farq qilgan. Ular g‘orda uzoq vaqtlardan beri yashab kelayotgani sabab timsohlarda genetik o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Har avlod almashganida ularda yanada ko‘proq o‘zgarishlar yuz berib, odatdagi timsohlardan farq qilib bormoqda.

Olimlarning taxminicha, yosh timsohlar g‘ordagi tor kanallar orqali tashqariga chiqib turadi, ancha yirik timsohlar esa butun umrini g‘or ichida o‘tkazadi. Ular asosan ko‘rshapalaklar bilan oziqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют